Maxfiylik siyosati

Akkaunt ma’lumotlari

Telegram orqali kirganda Telegram ID, ism, mavjud username va profil rasmi saqlanishi mumkin. Parolingiz Telegramdan olinmaydi.

Shaxsiy ro‘yxatlar va progress

Kirilgan akkauntning sevimlilari, keyin ko‘raman ro‘yxati, tomosha progressi va serial obunalari serverda saqlanadi. Mehmon rejimida ayrim ma’lumotlar faqat brauzeringizda qoladi.

Cookie va statistika

Kirish sessiyasi va tashrif hisoblagichi uchun cookie ishlatiladi. Ichki statistikada sahifa manzili, qurilma/brauzer turi va tashrif manbasi yig‘iladi; URLdagi tasdiqlash kodlari yozilmaydi.

Tashqi statistika xizmatlari

Ochiq sahifalardagi tashriflarni tahlil qilish uchun Yandex.Metrika va LiveInternet hisoblagichlari ishlatiladi. Yandex.Metrika sahifalar bo‘ylab o‘tish, bosishlar xaritasi va Webvisor orqali sahifadagi harakatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin. Brauzer va qurilma, tashrif manbasi, ochilgan sahifa hamda cookie ma’lumotlari ushbu xizmatlarga yuborilishi mumkin.

Tashqi xizmatlar

Video va reklama provayderlari, rasmlar va tashqi hisoblagichlar sahifa ishlashi uchun so‘rov olishi mumkin. Ularning ma’lumot qayta ishlash tartibi alohida.

Bildirishnomalar

Serialga obuna bo‘lsangiz saytda yangi qism haqida bildirishnoma olasiz. Telegram xabarlari faqat alohida tanlangan rozilik bilan yuboriladi. Serial sahifasidan obunani bekor qilishingiz mumkin.

Murojaat

Akkaunt ma’lumotlari, ularni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha [email protected] manziliga murojaat qiling.